Yaya Ture yozda Xitoyga o'tishni istamagandi

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2017, 09:01
Yozda Xitoy klubi Manchester Siti yarim himoyachisi Yaya Tureni sotib olmoqchi bo'lgan ekan.
Xitoy klublaridan biri 33 yoshli afrikalik futbolchiga haftasiga 430 ming funt maosh berishga tayyor edi. Biroq Yaya Ture taklifni rad qilgandi.

O'sha klub Turega xuddi shu taklifni yana yubordi. Turening Manchester Siti bilan shartnomasi yozda tugaydi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi noyabr oyiga qadar Manchester Siti safida umuman maydonga tushmagandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com