XXI asrning eng yaxshi futbolchisi shaxmatning reyting sistemasi bo'yicha aniqlandi

Eldor Akmurzayev
28 apr 2020, 20:40
Besoccer portali ProFootballDB bilan hamkorlikda 21 asrning eng yaxshi futbolchilari reytingini tuzib chiqdi.

Ro'yxatni tuzishda, asosan, shaxmatda qo'llaniladigan ELO tizimidan foydalanildi, bu futbolchining o'yinga ta’siri, yani gollar hamda paslar soni, raqib va turnirlarning saviyasini hisobga oladi.

Birinchi o'rinda 100 ochko to'plagan “Barselona” sardori Lionel Messi turibdi. “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronalduda ham xuddi shuncha ball, ammo statistika borasida argentinalikning natijasi Ronaldunikidan biroz yuqoriroq. Kuchli uchlikka esa fransiyalik sobiq hujumchi Terri Anri yakun yasagan.

TOP-10 quyidagi ko'rinish oldi:

1. Lionel Messi (100 ball)

2. Krishtianu Ronaldu (100)

3. Terri Anri (98)

4. Luis Suares (97)

5. Zlatan Ibragimovich (97)

6. Xarri Keyn (97)

7. Muhammad Saloh (97)

8. Neymar (96)

9. Robert Levandovski (96)

10. Radamel Falkao (95).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Besoccer