Xusainov – "Spartak" - "Sochi" uchrashuvidagi hakamlik haqida: "Inson jirkanchligining chegarasi yo'q!"

10 avg 2020, 01:03
Sobiq FIFA hakami Sergey Xusainov "Spartak" - "Sochi" uchrashuvida ishlagan hakamlar ishini baholadi.

"Spartak" prezidenti RPLdan ertagayoq chiqib ketmoqchi: "Masxarabozlar chempionatida o'ynamoqchi emasmiz" 

- Ikkala vaziyatda ham penalti yo'q edi. Hech qanday qoida buzilmadi! Bu faqat Kazarcev va VARning malakasi pastligi, boshqa narsa emas. O'yindagi vaziyatlarga e'tibor qaratsak, Kazarcev yakkakurash nimaligini tushunmaydi, degan fikr keladi. U shunchaki masalaning mohiyatini tushunmaydi. Men Anatoliy Fedorovich Byshovecdan iqtibos keltirmoqchiman: "Inson jirkanchligining chegarasi yo'q". Hakamlarimizdan shunchaki uyalaman.

- Bu malakaning yetishmasligimi yoki …?

- Ha, shunday! Qolgani bemani gaplar, ularning hakamlik to'g'risida bilimi juda past.

RFI "Spartak"ning chempionatdan chiqib ketishi to'g'risidagi gaplarga izoh bermadi 

O'xshash yangiliklar


Manba: Спорт-Экспресс