Sochi klubi futbolchisi O'zbekiston U-20 terma jamoasining navbatdagi yig'iniga chaqirildi

Khoja
10 noya 2024, 09:54
Sochi 2 jamoasida faoliyat olib borayotgan Shodibek Sharipov O'zbekiston U-20 terma jamoasining navbatdagi yig'iniga chaqiruv oldi.

Toshkent shahrida tug'ilgan futbolchi ayni vaqtda Sochi 2 jamoasi safida harakat qiladi. Shuningdek, yarim himoyachi jamoaning asosiy tarkibi bilan mashg'ulot olib boradi.

19 yoshli futbolchi o'tgan yili Tojikiston olimpiya terma jamoasiga taklif etilgan. Biroq futbolchi bu taklifni rad etgan.

Eslatib o'tamiz, Nishonov boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi 15-18 noyabr kunlari Iroqqa qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia