"Spartak" prezidenti RPLdan ertagayoq chiqib ketmoqchi: "Masxarabozlar chempionatida o'ynamoqchi emasmiz"

10 avg 2020, 00:32
Biroz avval "Spartak" va "Sochi" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi. O'yindan keyin Moskva klubi xo'jayini Leonid Fedun chempionatdan chiqib ketmoqchiligini bildirdi.

Uchrashuvni boshqargan hakam Vasiliy Kazarcev mezbonlar darvozasi tomon 2 ta penalti belgiladi. Ikkinchisi – 90-daqiqada va "Spartak"ni 2 ochkodan mahrum qildi.

– Meni qo'llab-quvvatlash shart emas. Ertaga chempionatni tark etishimizni e'lon qilaman. Bizsiz o'ynashlariga qo'yib beramiz.

– Jiddiy aytyapsizmi?

– Ha, yozishingiz mumkin.

Men bunday sahnalashtirilgan masxarabozlikda ishtirok etishniyam, pul sarflashniyam xohlamayman", – dedi Fedun.

O'xshash yangiliklar


Manba: Спорт-Экспресс