"Spartak" RPLdagi ishtirokini davom ettiradimi? Leonid Fedun bayonot berdi

Alisher
12 avg 2020, 14:28
Nihoyat, Fedun rasmiy bayonot berdi.

"Men muxlislardan, "Spartak" faxriylaridan, jurnalistlardan, umuman hakamlarning o'zboshimchaliklariga qarshi "Spartak-Moskva"ni qo'llagan barchadan minnatdorman. Biz birgalikda asosiy narsaga erishdik: hakamlik tizimidagi o'zgarishlar. U yanada obektivroq va har xil ta’sirlardan xalos bo'ldi.

Futbol - halol o'yin, u siyosiy o'yinlar uchun vosita emas. Afsuski, e'tiborni jalb qilish uchun yana ham keskinroq choralar ko'rilishi kerak. Mavsumning ilk o'yini adolatsizlik bilan yakun topdi. Rossiya futbol ittifoqi esa bundan to'g'ri xulosalar chiqarib, keyingi o'yinlarda shunga o'xshash vaziyat takrorlanishiga yo'l qo'ymasligi kerak.

"Spartak-Moskva" futbol klubining asosiy jamoasi 2020/21 yilgi mavsumdagi ishtirokini davom ettiradi. Ammo, hakamlarning shunday taqiblari davom etadigan bo'lsa, biz futbol maydonini tark etishga tayyormiz. "Spartak" - halol futbol tarafdori!", - deyiladi bayonotda.

Eslatib o'tamiz, RPL 1-turi doirasidagi "Spartak" - "Sochi" o'yinini boshqargan hakam Kazarcev jiddiy xatolarga yo'l qo'ygan va ko'pchilikning etiroziga sabab bo'lgan edi. Jumladan, "Spartak" prezidenti Leonid Fedun o'yindan so'ng jamoasining bunday "ahmoqona" ligada ishtirok etmasligini va ertaga chempionatdan klub chiqib ketishini aytib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: spartak.com