"Spartak" prezidenti ham koronavirusga chalindi

Alisher
7 may 2020
Moskvaning "Spartak" klubi direktorlar kengashi raisi Leonid Fedun kasalxonaga yotqizildi.

Bu haqda Moskva klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Spartak"ning 64 yoshli xo'jayini, shuningdek "Lukoyl" vice-prezidentida kasallikning qanday belgilari sodir bo'lgani haqida ma'lumot berilmagan.

Ayni damda Rossiyada 177,160 inson koronavirusga chalingan. Mamlakat infekciyaga chalinish bo'yicha dunyoda 5-o'rinda turibdi.


AlisherMuallif
Manba: reuters.com