Xulian Alvares mavsumni "Man Siti"da boshlaydi. Argentinalik forvard ijaraga berilmaydi

Alisher
9 iyun 2022, 11:47
Forvard Xulian Alvares yangi mavsumni "Manchester Siti" tarkibida boshlaydi.

22 yoshli Argentina terma jamoasi o'yinchisiga uni boshqa klubga ijara bermasliklarini xabar qilishdi.

Alvares yanvarda "River Pleyt"dan 15 mln funt evaziga xarid qilingan va 7 iyulga qadar ijara asosida Buenos-Ayres klubida qolishi aytilgan edi.

Futbolchi endilikda "Manchester Siti" ixtiyoriga keladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN