Gruzinlar bilan bo'lib o'tgan ikkinchi uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Xose Mendezdan intervyu oldik.
"Toshkentdagi o'quv-yig'in mashg'ulotimiz davomida 26 nafar futzalchini ko'rdik. Ular menda yaxshi taassurot qoldirishdi.
Gruziya terma jamoasi bilan o'tkazilgan o'yinlar Qirg'izistonga qarshi o'tgan bahslardan ko'ra menga ko'proq yoqdi. Yevropa qitasi vakillari bilan o'yinlarda 15 nafar o'yinchi ishtirok etdi, ular ayni paytda eng yaxshilardir. Qirg'iziston bilan o'yinlarda yangi taktikada endigina o'ynashni boshlagan edik, kechagi va bugungi o'yinlarimiz esa menga juda ham yoqdi. Shunga qaramay, qilishimiz kerak bo'lgan ishlar ko'p, Osiyo chempionatiga qadar maksimal darajada tayyorgarlik ko'rishimiz uchun vaqtimiz bor.
Alohida o'yinchilarni ko'rsatishni istamasdim, chunki bunga odatlanmaganman. Terma jamoaga yangi qo'shilgan futzalchilar ham yaxshi taassurot qoldirishdi. Masalan, Ilhom Hamroev kecha ham, bugun ham ijobiy tomonlarini namoyish etdi.
Dilshod Raxmatovning jarohati unga Gruziyaga qarshi o'ynash imkonini bermadi. Oxirgi ikki o'yinimizda Raxmatovdan tashqari, Artur Yunusov, Maqsud Fayzullaev va Dilshod Irsalievlar ham ishtirok eta olishmadi. Bu to'rt futzalchi bizning asosiy o'yinchilarimizdan, lekin ularsiz ham Gruziyadek kuchli raqibni mag'lub eta olganimiz meni xursand qildi. Chunki bu narsa bir yoki ikkita futzalchiga bog'liq emasligimizni ko'rsatib turibdi. O'ylashimcha, ular qaytgandan keyin jamoamiz yanada kuchayadi.
Keyingi rejalarimizga keladigan bo'lsak, hozir yigitlarga dam beriladi. Chunki biz bir oy davomida yig'in o'tkazdik, hamma juda charchagan. Avgust oyidan tayyorgirlikni davom ettiramiz va Osiyo chempionatiga eng yaxshi holatda yetib kelishga harakat qilamiz".