Xose Mariya Mendez: "Kolumbiyaga turist bo'lib kelmadik"

Narzulla Saydullayev
13 sen 2016, 12:51
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez Jahon chempionati 2-turidan o'rin olgan Kolumbiyaga qarshi bahsdan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

Birinchi o'yinda yo'l qo'yib bo'lmas xatolar qildik. Yomon o'ynamadik, o'zimizning imkoniyatlardan foydalana olmay raqibga gol urish uchun imkoniyat yaratdik. Kolumbiyaga qarshi bahs yanada qiyin bo'ladi, sababi bizga qarshi o'tgan mundialda yarim finalga qadar yetib borgan kuchli jamoa o'ynaydi, - deyi Xose Mariya Mendez.

Kolumbiyada ko'plab yuqori saviyadagi futbolchilar bor, ular ajoyib texnika evaziga raqiblarni aldab o'ta olishadi. Agar Panamaga qarshi bahsdagi kabi o'ynasak, jazolanishimiz aniq. Shu bois tezkorroq, aniqroq va chaqqonroq bo'lishimiz kerak. Ha, bizga qiyin bo'ladi, ammo bu erga turist bo'lib kelmaganimizni isbotlamoqchimiz. Jahon chempionati – qanday raqibga qarshi o'ynasang ham undan qo'rqadigan musobaqa emas. Panama bilan bahs natijasi tarixda qoldi, endi bor e'tibor Kolumbiya bilan uchrashuvga qaratildi, - deydi Pulpis.

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com