"Xo'jand" o'zbekistonlik ikki nafar futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Narzulla Saydullayev
11 fev 2020, 15:55
Tojikistonning vice-chempioni bir necha kundan beri Toshkentda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Jamoa ko'rigiga bir qator o'zbekistonlik futbolchilar taklif etilgandi. Yaqinda "Xo'jand" safiga yana ikki futbolchimiz borib qo'shildi. Bular - o'tgan mavsum "Bunyodkor" sharafini himoya qilgan qanot yarim himoyachisi Sanjar Rihsiboev va "Buxoro"da o'ynagan hujumchi Andrey Sidorov. Bungacha Tojikiston jamoasida shug'ullangan yana bir o'zbekistonlik futbolchi Sunnatilla Mamadaliev esa jamoa lagerini tark etganini aytish lozim.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia