Xitoy. Anzur Ismoilov to'liq o'ynadi, Filiposyanda 45 daqiqa

Narzulla Saydullayev
4 may 2014, 18:47
Xitoy Superligasida 10-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Artyom Filiposyan to'p tepayotgan "Lyaoning Xongyun" klubi o'z uyida "Xandjou Luchen"ni qabul qilib 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Filiposyan ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushdi. "Lyaoning" 10 uchrashuvda 10 ochko to'plab musobaqa jadvalining 10-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi o'yinni 10 may kuni o'z safarda "Beydzing Goan"ga qarshi o'tkazadi.

"Lyaoning Xongyun" - "Xandjou Luchen" 2:1
Gollar: 
Chamanga 15, Vang Liang 90+2 - Anselmo Ramon 66


Anzur Ismoilov faoliyat olib borayotgan "Chanchun Yatai" klubi safarda "Dalian Iteng"ga qarshi o'ynadi. Bahsda maydon egalari 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvda Ismoilov doimgidek to'liq o'ynadi. Klub 9 ochko bilan musobaqa jadvalining 13-pog'onasidan o'rin olgan. "Chanchun" endi 11 may kuni o'z maydonida "Jiangsu Seynti"ni qabul qiladi.

"Dalian Iteng" - "Chanchun Yatai" 3:1
Gollar:
Xan Deming 29, Dori 66, Stir 81 - Enino 37.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia