Xayrulla Karimov: "Raqibda ham, bizda ham ochko yo'q. Shu bois g'alaba uchun maydonga tushamiz"

Narzulla Saydullayev
12 mar 2016, 08:30
Oliy liganing 2-turida "Neftchi" va "Navbahor" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.
Ushbu bahs oldidan "lochinlar" himoyachisi Xayrulla Karimov o'z fikrlarini bildirdi.

"Derbi bu derbi, shu bois o'yin qiyin bo'ladi. Birinchi mag'lubiyatdan keyin o'zimizga kelishimiz kerak. Jamoamiz endi endi shakllanmoqda. Vodiy derbisida muxlislar uchun ham, futbolchilar uchun ham katta bayram. Biz muxlislarni quvontirishga harakat qilamiz. Derbida imkoniyatlar teng. Raqibda ham, bizda ham ochko yo'q. Shu bois biz g'alaba uchun maydonga tushamiz", - deydi Xayrulla Karimov.

"Navbahor" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia