Xavi: “La Liga “Malorka”ga qarshi o'yinni ko'chirmayotgani aqlsizlik”

Eldor Akmurzayev
2 yanv 2021, 07:40
“Barselona” ustozi Ispaniya chempionati doirasida “Malorka” bilan o'tadigan o'yin oldidan jamoadagi yo'qotishlar haqida gapirdi.

“O'rinbosarlar jamoasiga murojaat qilamiz va o'yinda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Biroq, bizga 17 futbolchi yetishmayapti.

Xavotirdaman. La Liga o'yinni qoldirmayotgani esa meni aqldan ozdirmoqda.

O'ynashdan mano yo'q. O'z imkoniyatlarimizdan yiroqdamiz. Sog'lom fikr birinchi o'rinda turishi kerak”, deydi Xavi.

“Malorka” – “Barselona” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 3 yanvarga o'tar kechasi 01:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN