Xavi Barselonadagi futbol maktabiga sport direktori bo'ladi

Aslanov Jasurbek
28 dek 2017, 22:49
“Barselona” klubining sobiq yarim himoyachisi, ayni paytda Qatarning “Al-Sadd” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Xavi kelasi yilning yozida yana Barselonaga qaytadi.

Xavi Barselona shahrida faoliyat yuritayotgan “Vila Olimpika” sport maktabining futbol yo'nalishida sport direktori lavozimida ish boshlaydi. 

Yarim himoyachi sport maktabi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Xavining Qatar klubi bilan shartnomasi 2018 yilning 30 iyun kuni yakunlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif