

“Tarkibning ko'p qismi, darvozabon (Mark-Andre ter Shtegen)dan boshlab aql bovar qilmaydigan darajada kuchli.
Xordi Alba – dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachisi, Pike – dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachisi, Buskets – dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi, Messi – dunyoning eng yaxshi futbolchisi.
Shuningdek, “Barsa”da yana 10 yil qolishi mumkin bo'lgan Suares, de Yong va Artur ham bor. Baza juda yaxshi.
Qanotga Neymar kabi o'yinchini olib kelgan bo'lardim, bunga shubha qilmayman, futbol nuqtayi nazaridan bu ajoyib transfer bo'lardi.
“Barselona”da bari joyida, ammo “Bavariya”dagidek vingerlar yetishmaydi. Ko'p narsa kerak emas: Jeydon Sancho, Serj Gnabri”, deydi ispaniyalik mutaxassis.



