

Bu hazil emas va marketing yurishi emas. Bu ancha oldin hal qilingan. Bolt oldinroq PUMA kompaniyasi rahbari Born Guldenga biz bilan mashg'ulot o'tkazishi mumkinmi degan savol bilan murojaat qilgan ekan. Gulden bizning direktorlar kengashimiz a'zosi hisoblanadi.
Men muammo yo'qligini aytdim, bosh murabbiy Tomas Tuxel ham bunga yaxshi munosabatda bo'ldi.
Bolt Borussiyada professional futbolchiga aylanadimi? Bu haqda gapirishga hojat yo'q, – deydi Vatcke.
30 yoshli Bolt futbolchilik faoliyatini boshlamoqchi ekanligi ma'lum qilingandi.



