Xans Flik: “Barselona”ga bosim o'tkazsak, bizda imkoniyatlar bo'lishini bilardik

15 avg 2020, 07:48
“Bavariya” bosh murabbiyi Xans Flik YCHL 1/4 finalida “Barselona”ga qarshi bahsdan so'ng (8:2) fikrlari bilan bo'lishdi.

“Ular bosim o'tkazadigan bo'lsak, bizda imkoniyatlar yuzaga kelishini bilardik. Endi esa qayta tiklanishimiz va keyingi o'yinga diqqatimizni qaratishimiz kerak. Yarim finalda biz o'yinni yana noldan boshlaymiz. Myuller o'yinning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq. Aynan u bizning pressingimizni nazorat qilib turdi. Shu bilan birga butun jamoani maqtab o'tishim shart. Jamoam 90 daqiqa davomida intensivlikni saqlab turdi”, - deydi Flik.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC Sport