"Xabi bilan butun futbol olamini hayratga solgan jamoani shakllantirdik" - "Bayer" sport direktori

Sherzod Nurmatov
10 may 2025, 14:27
"Bayer" sport direktori Simon Rolfes jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoning joriy mavsum yakunida ketishi to'g'risida fikrini bayon etdi.

"Alonso – "Bayer"ning rivojlanishida haqiqiy burilish nuqtasi. Xabi bilan birga maydondagi o'yini va ruhiyati bilan butun futbol olamini hayratga solgan jamoani shakllantirdik. Biz erishgan ulkan yutuqlar va klubning bugungi kundagi mavqei bilan faxrlanamiz hamda unga kelajakdagi faoliyatida omad tilaymiz. Ishonchim komilki, yo'llarimiz yana ko'p bor kesishadi", – dedi Rolfes.

Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso kecha "Bayer"dan ketayotganini rasman e'lon qildi. U "Real" bilan 3 yillik shartnoma tuzishi kutilmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bayer04.de