Rasman: Xabi Alonso "Bayer"dan ketayotganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
9 may 2025
"Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoani tark etmoqda.

Ispaniyalik murabbiy qolgan uchrashuvlar uning jamoa boshqaruvidagi so'nggi o'yinlari bo'lishini ma'lum qildi. 

"Bu mening "Bayer"dagi so'nggi o'yinlarim bo'lishini tasdiqlash vaqti keldi", – dedi Alonso.

Alonso 2022 yilda "Bayer"ni qabul qilib olgan va klubni tarixiy g'alabalar – Bundesliga chempionligi va Germaniya Kubogi sari etaklagandi. U avvalroq "Real Sosedad"ning yoshlar va o'rinbosar jamoalari bilan ishlagan.

Mutaxassis faoliyatidagi keyingi qadam "Real"da Karlo Anchelottini almashtirish bo'ladi.

Avvalroq Xabi Alonso "Real" bilan necha yillik shartnoma tuzishi ma'lum qilingan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bulinews.com