Vladimir Kozak: "Navbahor" bilan o'yinda ko'proq ishtiyoqqa ega bo'lamiz"

Tolibjon Qosimov
23 apr 2018, 16:54
Ertaga, 24 aprel kuni Superliga 8-tur bellashuvlariga start beriladi.

“Paxtakor” himoyachisi Vladimir Kozak “Navbahor” bilan bellashuv arafasida uchrashuv haqida fikrlarini aytib o'tdi.

- O'yinga tayyorgarlikni yaxshi kayfiyatda boshladik va davom ettiryapmiz. Safardagi birinchi g'alabadan so'ng yigitlarning o'ziga bo'lgan ishonchi ancha o'sgan. Jamoa sifatida o'sib bormoqdamiz. Uchrashuvga yuqori kayfiyatda hozirlik ko'ryapmiz. Mashg'ulotlarda bor kuchimizni ishga solgan holda mehnat qilyapmiz.

“Navbahor” bilan oxirgi bellashuvda imkoniyatni boy bergandik. Bu safar o'sha mag'lubiyatga javob qaytarish uchun yanada ko'proq ishtiyoqqa egamiz. Ishqibozlarimizga yaxshi futbol namoyish etib berishga intilamiz.

Joriy mavsumda raqib tarkibida o'zgarishlar kuzatildi. Ular tarkibni kuchaytirishdi. O'z maydonida yetakchi jamoalarga qarshi juda yaxshi o'ynashdi. Namanganda muxlislarning qo'llab-quvvatlashi katta yordam beradi, ularga ishonch baxsh etadi. Biz esa uyda o'ynayotganimizda shunday jihatdan foydalanishga urinamiz.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pakhtakor.uz