Rasman: Vladimir Kozak - "Paxtakor" futbolchisi

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2021, 19:32
Buni AGMK matbuot xizmati tasliqladi.

"Joriy mavsum jamoamizga "Paxtakor"dan erkin agent sifatida kelib qo'shilgan yarim himoyachi Vladimir Kozak endilikda yana sobiq klubiga qaytdi.

AGMK safida yarim mavsumda 3 o'yinda maydonga tushgan Kozak "Paxtakor"ga transfer qilindi.

Jamoamiz nomidan Vladimir Kozakning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", – deyiladi Olmaliq klubi matbuot xizmati xabarida.

Oldinroq Kozakning Toshkent jamoasiga qaytgani xaqida xabar bergan edik. Oradan ko'p o'tmay, bu o'z tasdig'ini topdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати