
Ayni paytda ispanlar o'z gruhlarida 1-o'rinni egallab turishibdi.
-Vaqti kelsa bir qarorga kelaman. Bosh murabbiylik lavozimidan ketishim ehtimoli ham yo'q emas. Lekin hozirda oldimga qo'ygan asosiy maqsadim guruh bosqichini hal etish. Biz Jahon chempionatiga chiqishimiz kerak, bu uchun yana bir nechta o'yinni yutsak bo'lgani, - murabbiyning so'zlarini keltiradi "Football Espana".
Ta'kidlab o'tish kerakki, Del Boske Ispaniya terma jamoasini 2008 yildan beri boshqarib kelayapti. U 2010 yilda jamoa bilan Jahon Chempioni bo'lgan bo'lsa, 2012 yilda Yevropa chempioni bo'lgan.