Virdjil van Deyk: "Everton"ga qarshi uchrashuvdagidek o'yin ko'rsatsak, chempion bo'lolmasligimiz aniq"

Omonjon To`xtamirzayev
25 apr 2024, 18:17
"Liverpul" sardori Virdjil van Deyk APL 29-turi doirasida "Everton"ga imkoniyat boy berilgani bo'yicha fikr bildirdi.

"O'ylashimcha, o'yindan keyin har bir futbolchi ko'zguga qarashi, o'z o'yinini qayta tomosha qilishi kerak. Agarda biz ligani yutishni istasak, o'z o'yinimizni tahlil qilishimiz zarur. Tabiiyki, biz hali chempionlik poygasidamiz. Biroq biz "Everton"ga qarshi uchrashuvdagidek o'yin ko'rsatsak, titulni qo'lga kiritishga imkon bo'lmaydi", - dedi van Deyk.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: theathletic.com