

"Finalda ikki jamoaning ham g'alaba qozonish imkoniyati teng. Bir-biriga munosib jamoalar to'qnashuvi. Maydonda kim kuchli bo'lsa, o'sha jamoa g'alaba qozonadi. "Nasaf" hozirgi kunda chempionatda ham, OCHLda ham yaxshi taassurot qoldirmoqda. Qo'shimchasiga o'z maydonida o'ynaydi – o'z muxlislari qarshisida harakat qiladi. OKMKda esa barqarorlik ko'rinmayapti. O'yinga qaysi jamoa ruhan tayyor bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi", - dedi Viktor Karpenko


