Video: Pelening orzusidagi gol muallifi Shahboz Erkinov bilan suhbat

Aslanov Jasurbek
20 may 2015, 16:07
Andijonda bo'lib o'tgan vodiy derbisida Shahboz Erkinov jamoasining ikkinchi golini, chamasi 50 metrlarda "Andijon" darvozasiga urgan edi.

Faoliyati davomida mingdan ortiq gollarga mualliflik qilgan Pele, umri davomida biron marotaba maydon markazidan gol ura olmaganini afsus bilan ko'p bora eslaydi. Bu ham omad.

Shu munosabat bilan futbolchi bilan ikki og'iz suhbatlashdik.

- 50 metrdan gol urdingiz, bu vaziyatni qanday baholagan edingiz? O'sha paytda darvozabon hali ham golni nishonlab qaytayotgan edimi?

- Birinchi bo'limda darvozabonga yaxshilab e'tibor berganimda, u himoyachilarga yordam berishga tayyor ko'rindi. Bu bilan u ko'p marotaba oldinga chiqib ketayotgan edi. Tannafusda murabbiy Zoxid Nurmatov yigitlardan shu holatga ko'proq ahamiyat berishni so'radi. Biz ikkinchi golni o'tkazib yuborib, to'pni markazga qo'yganimizda ham darvozabon xursandchilikni davom ettirayotgan edi. Shu sababli Mo'ydindan o'yinni tezroq boshlashni so'radim va darvozaga zarba berdim, natija esa gol.

- Umuman vodiy derbisiga to'xtalib o'tsangiz.

- Vodiyga kelib vodiy derbisini qanchalik ahamiyatga ega ekanligini tushunib etdim. To'p uchun kurash, ehtiroslar birinchi o'ringa chiqib qolar ekan. Muxlislarga kelsak, ular alohida ahamiyat kasb etadi.

- Jamoa nima uchun o'tkan yilgi barqaror o'yinini namoyish eta olmayapti?

- Qishgi yig'in yaxshi o'tdi, hammasi joyida edi. Ammo birinchi ikki turda bir ochko olganimiz va keyingi o'yinda durangni qo'lga kiritib turganimizda 86 daqiqada 30 metrdan gol o'tkazib yuborganimiz jamoaga salbiy ta’sir qildi. Mag'lub bo'lgan yoki durangga erishgan uchrashuvlarimizda 80 daqiqadan so'ng gol qo'yib yuboryapmiz. Kechagi o'yinda ham e'tiborni jamlay olmaganimiz bizga pand berdi. Aslida "Nasaf" bilan o'yindan keyin barchasi joyiga tushib ketishi kerakdek edi. Afsuski unday bo'lmadi.

TAS-IX


TAS-IX emas


Nodirxo'ja Yuldashev.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia