"Vest Xem" 36 yoshli Fabyanski bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Alisher
28 okt 2021, 11:30
Lukash Fabyanskining kelasi yozda "Vest Xem" bilan shartnomasi yakuniga etadi.

Ammo, tomonlar bitimni yana bir mavsumga uzaytirishmoqchi.

36 yoshli polyak jamoaga yoshroq Alfons Areola kelganiga qaramay, "bolg'a urarlar"ning asosiy darvozaboni bo'lib qolmoqda. Fabyanskining o'zi klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida hatto 40 yoshgacha o'ynashga tayyorligini aytdi.

Posbon yaqinda Polsha terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi. U buni o'sib kelayotgan futbolchilarga joy bo'shatib berish bilan izohladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports