

"So'nggi 10-15 yil davomida futbolni boshqargan ayrim futbolchilar uchun oxirgi mundial. Ular endi "Hozir yoki hech qachon" qabilida o'ynashlari kerak.
Messi, Ronaldu, Neymar, shuningdek, Levandovski kabi dunyoning eng yaxshilari davrida yashaganimizdan mamnunman. Ularning barchasi: "Bu mening imkoniyatim" deyishi kerak.
Bizning sport turimizga texnika chambarchas bog'liq. Garchi bir qancha futbolchilarning yoshi bilan muammosi bo'lsa-da, yakunda ularning hali boshqalardan farqi katta ekanligini ko'rishimiz mumkin.
Agarda bilimlarimizni noto'g'ri ishlatsak, zarar bo'lishi mumkin. Futbolchilarning harakatlarini yaxshilab kuzatish kerak. Shu orqali o'yin sifatini farqlab boraverasiz", - dedi Venger.



