Venger: "Aleksisning PSJga o'tishi? Bu jurnalistlarning yolg'oni"

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2017, 13:02
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger hujumchi Aleksis Sanches PSJga o'tishi haqidagi ma'lumotni rad etdi.

"Sanches PSJga o'tadi? Bu jurnalistlarning yolg'oni" - deydi Venger.

Oldinroq Konfederatsiyalar Kubogida ishtirok etgani tufayli, "Arsenal" yig'inida qatnashmayotgan Aleksis Sanches Parijdagi "Royal Monceau" mehmonxonasida PSJ vakillari bilan uchrashuv o'tkazgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN FC