Vanda Nara: "Mauro va Ronaldu birga o'ynashi mumkin"

Aslanov Jasurbek
13 may 2019, 17:44
"Inter" forvardi Mauro Ikardining xotini va agenti Vanda Nara futbolchining "Yuventus"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.

"U "Yuventus"ga o'tishdan xursand bo'lardim. Ronaldu? Ular birga to'p tepishi mumkin" - dedi Nara Tiki Taka ko'rsatuvida.

Ikardi joriy mavsum A Seriyaning 26ta uchrashuvida maydonga tushib, 10ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.

Fevral oyida Ikardi va murabbiylar shtabi o'rtasida kelishmovchilik yuzagan kelgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: SportMediaset