Van Gal: "Sulsher Mourinyu kabi "avtobus" qo'llayapti"

Aslanov Jasurbek
27 mar 2019, 11:08
"Manchester Yunayted" sobiq ustozi Lui van Gal Joze Mourinyu va Ule-Gunnar Sulsherning "qizil iblislar"dagi ishiga baho berdi.

"Mendan keyin kelgan murabbiy (Mourinyu) taktikani "avtobus"ga o'zgartirdi va jamoa qarshi hujumlarga tayanib o'ynay boshladi. Hozirgi murabbiy (Sulsher) ham "avtobus"dan foydalanyapti. Sulsher va Mourinyu o'rtasidagi farq shundaki, Ule g'alabaga erishyapti.

Hozir u yerda emasman, ammo o'zgarishlar bo'layotganini sezyapman. Sulsher Pogbaning joyini o'zgartirdi.

Biroq MYU hozir ko'rsatayotgan o'yin Fergyuson davridagidek emas. Bu himoyaviy, qarshi hujumga tayanilgan futbol. Agar u sizga yoqsa marhamat. Agar bu o'yin mening hujumkor futbolimdan yaxshiroq bo'lsa, yaxshi. Biroq men bunday deb hisoblamayman" - deydi van Gal.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC