Sulsher: "Van de Bek "Manchester Yunayted"ga kelgan paytlarimni eslatyapti"

24 yanv 2021, 15:51
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher asosiy tarkibda deyarli maydonga tushmayotgan shogirdi Donni van de Bek haqida fikr bildirdi.

"Donnini baxtli deb ayta olmayman. Albatta, u tez-tez maydonga tushishni istaydi. U o'z ishiga to'g'ri munosabatda bo'lmoqda. Biz ishlayapmiz, jamoada uning poziciyasida o'ynaydigan boshqa futbolchilar ham bor. U menga MYUga birinchi bor kelgan paytlarimni eslatmoqda",- deya Sulsherning so'zlarini keltirdi "Goal" sayti.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal