Van Gal MYUni YCHLga qaytishiga kafolat bermayapti

Narzulla Saydullayev
7 dek 2014, 15:29
"Manchester Yunayted" ustozi Lui Van Gal jamoani keyingi mavsum Yevropa chempionlar ligasiga chiqishiga kafolat bermayapti.
Ayni paytda "qizil iblislar" Premer-Ligada kuchli to'rtlikdan joy olishgan. Jamoa oxirgi to'rtta o'yinda g'alaba qozondi. Biroq Van Gal hozirdan katta vadalar bermayapti.

"Yo'q, YCHL yo'llanmasi bizniki bo'lishiga kafolat bermayman. Biz jarohatlarga qaramay oldinga intilayapmiz".

"O'ylashimcha, jamoa to'g'ri yo'ldan ketmoqda", - deydi Van Gal Daily Star nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru