Van de Bek "Nyukasl"ga o'tishni rad etdi

Alisher
17 yanv 2022, 18:47
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek "Nyukasl"ga o'tmaydi.

Klub niderlandiyalikning ijarasiga qiziqqan edi, ammo 24 yoshli futbolchi "Nyukasl"ning turnir jadvalidagi holati sabab bunga rad javobini berdi.

"Nyukasl" Angliya Premer-ligasida 19-o'rinda va xavfli zonada bormoqda.

Van de Bek joriy mavsum "Manchester Yunayted" tarkibida 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph