

Bu haqda Kataloniyaning ishonchli manbalaridan biri bo'lgan "Mundo Deportivo" xabar qildi. Kataloniya klubi 42 yoshli mutaxassisni bosh murabbiylik uchun ko'rib chiqqan.
O'shanda "Barselona" rahbariyati jamoa YCHL doirasida "Liverpul"ga mag'lub bo'lganidan keyin Valverdening ketishi borasida yig'ilish o'tkazgan. Ammo yakuniy qaror Valverdening yana 1 yil ishlashiga turtki bo'lgan.
Anri o'tgan mavsumda 4 oy davomida "Monako"ni boshqarib, keyinchalik iste'foga chiqqandi.



