"Valensiya" "Barselona" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
20 yanv 2022, 11:47
"Valensiya" "Barselona" markaziy himoyachisi Oskar Mingesani ijaraga olmoqchi.

Klub rahbariyati "Barselona" bilan 22 yoshli Mingesaning mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan ehtimoliy ijarasi borasida aloqaga chiqdi.

Eslatib o'tamiz, Oskar Mingesa "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U bosh jamoaga 2020 yilning noyabrida kelgan.

Mingesa joriy mavsum "Barselona" tarkibida barcha musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca