Useyn Bolt: "Manchester Yunayted"dagi hamma ishni Ronaldu bajaryapti"

Aslanov Jasurbek
15 noya 2021
"Manchester Yunayted"ga muxlislik qiluvchi mashhur sportchi Useyn Bolt jamoaning bugungi holati haqida gapirdi.

"Krishtianu har o'yinda "Manchester Yunayted"ni qutqarib qoladi. Hamma ishni bitta yigit bajarmoqda. Biz uzoq vaqtdan beri yaxshi futbol namoyish etmayapmiz.

Jamoa juda sust va bo'sh o'yin ko'rsatmoqda. Aleks Fergyuson murabbiy bo'lganida, u g'alabani talab qilardi va jamoa faqat muvaffaqiyat qozonish uchun kurashardi", – dedi Bolt.

Eslatib o'tamiz, ayni damda "Manchester Yunayted" APL turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com