"Uotford" murabbiyi va hujumchisi APLning dekabrdagi eng yaxshilari bo'ldi

Aslanov Jasurbek
15 yanv 2016, 11:30
Angliya premer-ligasi joriy mavsumining dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi aniqlandi.

Dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi nomiga "Uotford" ustozi Kike Sanches Flores loyiq topildi. Uning jamoasi 2015 yilning so'nggi oyida 4 uchrashuvning 3 tasida g'alaba qozondi va bitta bahsda durang qayd etdi.



"Uotford" hujumchisi Odion Igalo dekabr oyining to'rt uchrashuvida 5 ta gol urib, oy futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 101greatgoals.com