Ulug'bek Bakaev: “Mashal” himoyada yaxshi o'ynadi”

Mirjalol Normatov
12 sen 2024, 20:19
Pro-liganing 19-turidan o'rin olgan “Buxoro” - “Mashal” (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- “Mashal” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Uchrashuv boshidayoq yuzaga kelgan birgina xato ortidan gol o'tkazib yubordik. Shundan so'ng hujumkorlikni oshirdik, o'yinni nazorat qilishga intildik. Birinchi bo'limda ham imkoniyatlarimiz bo'ldi, biroq u qadar ko'p emasdi. Ikkinchi bo'limda faollikni yanada oshirdik, zaxiradan yangi kuchlarni o'yinga tashladik. Biroq etirof etish joiz, “Mashal” himoyada yaxshi turib berdi. Umuman aytganda, hisobda emas, o'yindagi ustunligimizni ko'rsata oldik. Yigitlarga uchrashuv davomidagi faollik uchun minnatdorchilik bildiraman. 

- Penalti belgilangan vaziyat haqida fikringiz qanday? O'sha tezkor bo'lmaganida o'yin boshqacha natija bilan tugashimi mumkinmidi?

- Gol o'tkazib yuborish ruhiyatga ta’sir ko'rsatmasdan qolmaydi. Biroq, fakt bu fakt, etirozga o'rin yo'q. “Mashal” yutdimi, yutdi. Navbatdagi uchrashuvlarga munosib tayyorgarlik ko'rib, zimmamizdagi vazifani uddalashga astoydil harakat qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia