Uillok - APLning may oyidagi eng yaxshi o'yinchisi

Alisher
29 may 2021, 17:43
Transfer huquqi "Arsenal"ga tegishli "Nyukasl" futbolchisi Jo Uillok APLning may oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Angliyalik xavbek yakunlanayotgan oy jamoa safida 4ta o'yin o'tkazib, har bir o'yinda gol urdi. U bu borada Alan Shirer (APLda "Nyukasl" safida 7ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishgan erishgan)ning rekorini takrorladi.

Qayd etish kerakki, Jo Uillok - 2013 yilning noyabr oyidan beri oy o'yinchisi bo'lgan "Nyukasl"ning ilk o'yinchisi bo'ldi.

Angliyalik futbolchiga qadar bu sovrinni darvozabon Tim Krul qo'lga kiritgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: premierleague.com