"Ufa" o'yinchilarining koronavirus uchun topshirgan testlari javobi e'lon qilindi

Alisher
19 may 2020, 13:43
"Ufa" matbuot xizmati o'yinchi va murabbiylarning koronavirus uchun topshirgan testlarining javoblarini e'lon qildi.

Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda.

"Ufa" futbol klubida hamma sog'-salomat! Endi jamoa Rossiya Premer-ligasining restartiga to'laqonli tayyorgarlik kro'ishi mumkin", - deyiladi klubning Tvitter sahifasida.

Boshqirdiston klubi mavsum to'xtagunga qadar jadvalda 27 ochko jamg'argan holda (22 turda) 9-o'rinda borayotgan edi.

RPL 2019/20 yilgi mavsumining qolgan barcha o'yinlari koronavirus tarqalishi xavfi tufayli bo'sh tribunalar ostida o'tadi.


Manba: metaratings.ru

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif