Uesli Sneyder: "Mourinyoga o'xshagan murabbiy bo'lishni istayman"

Aziz Tukhtamuradov
10 iyun 2014, 21:28
"Galatasaroy" va Gollandiya terma jamoasi futbolchisi Uesli Sneyder murabbiy bo'lish istagi borligini aytib o'tdi.

"Joze Mourinyo – juda yaxshi murabbiy. U bilan ishlash menga judayam yoqqan. Men ham unga o'xshagan murabbiy bo'lishni istayman.

Men ko'pgina zo'r murabbiylar bilan ishlaganman. Agar ulardan hech narsa o'rganmaganimda, o'zimni axmoq hisoblar edim.

Men Mourinyoning harakatlarini diqqat bilan kuzatardim.
Aynan unga o'xshagan murabbiy bo'lmoqchiman", - deydi Sneyder.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru