UEFA koronavirus bilan bog'liq vaziyat sabab "Barsa" - "Napoli" o'yinini Barselonadan tashqarida o'tkazishni rejalashtirmoqda

Alisher
30 iyul 2020, 16:30
"Barselona" va "Napoli" jamoalari o'rtasidagi Chempionlar Ligasi o'yini neytral hududda bo'lib o'tishi mumkin.

UEFA Ispaniyada koronavirus avj olishi (ayniqsa, Kataloniyada) oqibatida o'yinni Barselonadan boshqa joyga ko'chirishni rejalashtirmoqda.

Qayd etish kerakki, UEFA koronavirus bilan bog'liq vaziyat sabab Sog'liqni saqlash Departamentiga murojaat qilgan. Agar Departament bahsni o'tkazish o'yin ishtirokchilariga xavf tug'diradi deb hisoblasa, o'yin ko'chiriladi.

O'yinning qayerda bo'lib o'tishi borasidagi qaror hafta so'nggiga qadar qabul qilinadi.

Chempionlar Ligasi 1/8 final javob o'yini doirasidagi "Barselona" va "Napoli" bahsi 8 avgustda bo'lib o'tadi. Birinchi o'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: rac1.cat