UEFA Evro-2016 va Chempionlar ligasining kelasi mavsumida gol aniqlash texnologiyasidan foydalanishini tasdiqladi

Aslanov Jasurbek
23 yanv 2016, 10:49
UEFA Fransiyada bo'lib o'tadigan Yevropa chempionati va Chempionlar ligasining kelasi mavsumida gol aniqlash texnologiyasidan foydalanishini tasdiqladi.

Tashkilot darvoza ortidagi hakamlar o'rniga texnologiyalarga ishonch bildirmoqda. Rahbariyat tortishuvlarga sabab bo'luvchi vaziyatni tez va oson hal qilmoqchi.


Evro-2016 10 iyun kuni Fransiya - Ruminiya uchrashuvi bilan boshlanadi.


UEFA ijro-qumitasining ma'lumotlariga ko'ra, bu texnologiya 2016/17 mavsumdan Chempionlar ligasida ham qo'llaniladi.

Britaniyaning "Hawk Eye" kamera tizimi futbol ligalari va musobaqalarda juda mashhur hisoblanadi. Premer-liga, Bundesliga, A Seriya "Hawk Eye"dan foydalanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 101greatgoals.com