

Xabaringiz bor, FIFA kunlari bo'lmagani sababli legionerlarning bu musobaqada ishtirok etishlari so'roq ostida edi. "Rubin" klubi Umarali Rahmonalievni musobaqaga qo'yib yuborishi ancha oldindan ma'lum edi.
"Qayrat" ham Ibrohimhalil Yo'ldoshevni U-23 Osiyo kubogiga yuborishga rozi bo'lgandi. Kuni kecha SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev 26 aprel kuni (chorak finaldan avval) terma jamoa ixtiyoriga yetib borishi ma'lum bo'ldi.
"Al Vahda" vakili Hojimat Erkinov esa 22 apreldan keyin Dohaga uchib boradigan bo'ldi.
Fransiyaning "Lans" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov masalasi hozircha ochiq turibdi. O'FA rahbariyati va futbolchining agenti "Lans" bilan so'nggi muzokaralarni olib borishmoqda.



