U-17 Osiyo kubogi. O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan KXDR musobaqaga kelmasligi e'lon qildi

25 apr 2026, 07:20
O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan KXDR U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi musobaqasida ishtirok etolmasligi ma'lum bo'ldi.

Shu sababli, O'zbekiston U-17 terma jamoasi guruh bosqichidagi ishtirokini 10-may kuni Hindistonga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Keyingi o'yinimiz 13-may kuni Avstraliyaga qarshi bo'lib o'tadi.

“D” guruhi

O'zbekiston

Avstraliya

Hindiston

Ma'lumot uchun, Sergey Chigodaev boshqaruvidagi o'smirlarimiz bugun mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushadi. O'yin tomonlarning kelishuviga muvofiq yopiq eshiklar ortida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: UzbekistanFA