Tuxel "Byornli" bilan o'yin haqida: "Chelsi" bunday 100 ta o'yinning 99 tasini yutgan bo'lardi"

Aslanov Jasurbek
6 noya 2021, 23:48
"Chelsi" "Byornli" bilan o'yinda (1:1) ohirgi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi.

Jamoa ustozi Tomas Tuxel esa ushbu o'yin haqidagi mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

"Ajoyib 90 daqiqalik. Butun o'yinni olganda hammasi yaxshi edi. Mana nima uchun futbolni sevamiz. Agar biror jamoa urishi kerak bo'lgan gollarni urmasa, raqibi undan kerakli ochkolarni tortib oladi. Albatta, hafsalam pir bo'ldi, chunki "Chelsi" bunday 100 ta o'yinning 99 tasini yutgan bo'lardi. Bunga albatta o'zimiz aybdormiz. Biz bu o'yinda ko'prog'iga loyiq edik, ammo hammasi boshqacha yakunlandi. Ikkinchi golni urganimizda barchasiga nuqta qo'yilgan bo'lardi", -deydi Tomas Tuxel. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports