Turkiyalik futbolchi "Garri Potter" uslubidagi gol nishonlashi uchun sudga berildi

Sherzod Nurmatov
21 noya 2025, 18:53
Warner Bros. Discovery kompaniyasi "Fenerbaxche" hujumchisi Kerem Akturko'g'liga ustidan sudga murojaat qildi.

Bu haqda "Sabah" xabar tarqatdi.

Bundan tashqari, 27 yoshli turkiyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda o'zini "Kerem Potter" deb atab, franshizaga oid kontent joylashtirgan.

Gollivud kompaniyasi Akturko'g'lining nishonlashi intellektual mulkni buzish deb hisoblaydi. Sportchining advokatlari bu imo-ishora umumiy pop madaniyatiga ishora ekanligini va tijorat mahsulotini sotish bilan bog'liq emasligini takidlamoqda.

Akturko'g'li ushbu mavsum barcha musobaqalarda 16 o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sabah