"Tottenxem" Xavi ishonch bildirmayotgan Langle bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
20 may 2022, 14:01
"Barselona" himoyachisi Kleman Langle faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin.

Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi 26 yoshli francuzga kelasi mavsumda ishonch bildirmayapti. Shu sabab "shporlar" futbolchini yozgi transfer oynasida xarid qilmoqchi.

Langle 2018 yildan beri "Barselona"da o'ynaydi. Francuz joriy mavsum kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

Futbolchining ispanlar bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es