"Tottenxem" Lukaku uchun kurashga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2014, 09:52
Romelu Lukakuda faoliyatini davom ettirish uchun bir qator variantlar bor.
Daily Express nashrining xabariga ko'ra, belgiyalik hujumchini "Tottenxem" o'z safida ko'rmoqchi. Ammo barcha gap uning transfer narxiga borib taqalmoqda.

"Chelsi" Lukakuni 32 million funt sterlingga sotmoqchi. Bunday pulni topish uchun "Tottenxem" Emmanuel Adebayorni sotishi lozim.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: euro-football.ru